«pora berish» tegli maqolalar


3 nafar prokuratura xodimi pora va firibgarlikda gumonlanib ushlandi
7 noyabr 2023, 11:40

3 nafar prokuratura xodimi pora va firibgarlikda gumonlanib ushlandi

DXX Andijonda gumonlanuvchiga yordam berish evaziga $5 ming olgan tergovchi va bunga ko‘rsatma bergan prokuror o‘rinbosarini ushlaganini ma’lum qildi. Samarqandda esa prokuror yordamchisi ayblanuvchini qamoqdan chiqarish uchun 3 ming dollar so‘ragani aytilmoqda.

Farg‘onada tabiat resurslari inspeksiyasi bosh mutaxassisi pora bilan ushlandi
13 iyun 2023, 10:40

Farg‘onada tabiat resurslari inspeksiyasi bosh mutaxassisi pora bilan ushlandi

Dang‘ara tumanida tabiat resurslari inspeksiyasi bosh mutaxassisi pora bilan ushlandi. Uning taqiqlangan hududda pnevmatik qurol bilan ov qilgan fuqaroga qurolini qaytarib berish evaziga 1 mln so‘m olgani aytilmoqda.

Ohangaronda bir guruh shaxslar 16 gektar yerni $1,4 mln evaziga sotishda gumonlanmoqda
14 oktabr 2022, 10:21

Ohangaronda bir guruh shaxslar 16 gektar yerni $1,4 mln evaziga sotishda gumonlanmoqda

Toshkent viloyatida uch nafar shaxs tadbirkorga «Angren» EIZ hududidan 16 gektar yer olib berishni va’da qilib, buning evaziga $1,4 mln so‘ragan. Ular kelishilgan summadan $300 mingni olayotganda ushlandi. Gumonlanuvchilarga holat bo‘yicha tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tug‘uruqxonaga $1400 evaziga ishga kiritib qo‘yishga uringan mansabdor qo‘lga tushdi
23 iyun 2022, 14:23

Tug‘uruqxonaga $1400 evaziga ishga kiritib qo‘yishga uringan mansabdor qo‘lga tushdi

RSHTTYOIM Samarqand filiali direktorining o‘rinbosari fuqaroni tug‘uruqxonaga hamshira lavozimiga ishga kiritib qo‘yishga uringanlikda gumonlanmoqda. U buning evaziga 1400 dollarni olgan vaqtida ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tadbirkorga 2 mln dollar imtiyozli kredit olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
19 aprel 2022, 09:47

Tadbirkorga 2 mln dollar imtiyozli kredit olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Yashnobod tumanida ikki fuqaro tadbirkorga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali bankdan 2 mln dollar imtiyozli kredit olib berishga va’da qilib, buning evaziga 100 ming dollar ustama puli so‘raganlikda gumon qilinmoqda. Ular 55 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi.

Samarqandda fuqaro davlat zaxirasidagi 80 sotix yerni $22 mingga sotishga uringani aytilmoqda
13 aprel 2022, 12:16

Samarqandda fuqaro davlat zaxirasidagi 80 sotix yerni $22 mingga sotishga uringani aytilmoqda

Jomboy tumanida fuqaro davlat zaxirasidagi 80 sotix yerni tanishlari orqali boshqa fuqaroga rasmiylashtirib berishiga ishontirgani va buning evaziga 22 ming dollar talab qilgani aytilmoqda. U oldindan 11 ming dollarni olganida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan ushlandi.

Milliy gvardiyaga ishga va diplomatiya universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishga uringan shaxslar ushlandi
28 fevral 2022, 15:33

Milliy gvardiyaga ishga va diplomatiya universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishga uringan shaxslar ushlandi

Andijonda uch nafar shaxs Toshkentdagi tanishlari orqali fuqaroni Milliy gvardiya tizimiga ishga, boshqa bir fuqaroni esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 32 ming dollar olganida ushlangani aytilmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda fermer 1 gektar yerni 20 ming dollarga sotishga uringani aytilmoqda
3 fevral 2022, 10:58

Samarqandda fermer 1 gektar yerni 20 ming dollarga sotishga uringani aytilmoqda

Samarqand tumanida fermer o‘ziga qarashli xo‘jalikning sug‘oriladigan yeridan 1 gektarini fuqaroga issiqxona qurish uchun sotish va hujjatlarni tayyorlab berishni kelishib olgani aytilmoqda. Buning evaziga u 20 ming dollar olgan vaqtida ushlangan. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Asaka tumani hokimligi mas’ul xodimi $8 ming pora bilan qo‘lga tushdi
2 fevral 2022, 17:10

Asaka tumani hokimligi mas’ul xodimi $8 ming pora bilan qo‘lga tushdi

Asaka tuman hokimligi mas’ul xodimi issiqxona qurish uchun 30 sotix yer maydoni ajratib berish evaziga fuqarodan 15 ming dollar so‘ragani aytilmoqda. U shundan 8 ming dollarni olayotgan vaqtida ushlangan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xorazmda $45 ming evaziga kredit olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21 yanvar 2022, 16:16

Xorazmda $45 ming evaziga kredit olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Bog‘ot tumanida ikki fuqaro tadbirkordan 10 mlrd so‘m kredit olib berish evaziga 45 ming dollar so‘ragani aytilmoqda. Ushbu pullardan 15 ming dollarini olgan vaqtida esa huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo‘lga olingan. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Yangiyo‘lda Qirg‘izistonga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan fuqarolar ushlandi
13 yanvar 2022, 12:45

Yangiyo‘lda Qirg‘izistonga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan fuqarolar ushlandi

Yangiyo‘lda fuqaroni Qirg‘izistonning O‘sh davlat universitetiga kiritib qo‘yish uchun 10 ming dollar talab qilgan shaxslar ushlandi. Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov o‘tkazilmoqda.

Samarqandda akasining ishini «ijobiy hal qilish» uchun IIB xodimiga $5 ming bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
2 avgust 2021, 18:06

Samarqandda akasining ishini «ijobiy hal qilish» uchun IIB xodimiga $5 ming bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Samarqandda PSR-testi natijasini soxtalashtirib sotayotgan shaxs qo‘lga olindi. Uning ukasi «holatni rasmiylashtirmaslik va ishni ijobiy tomonga hal qilib berish» uchun IIB xodimiga 5 ming dollar bermoqchi bo‘lganida ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting